XORAZMLIK 9 NAFAR SAMBOÇI JAHON ÇEMPIONATIDA IŞTIROK ETADI
30-09-2026, 15:33
153 марта
XORAZMLIK 9 NAFAR SAMBOÇI JAHON ÇEMPIONATIDA IŞTIROK ETADIXorazmlik yoş samboçilar yana bir nufuzli musobaqada viloyatimiz şarafini himoya qiladi.
2–4 oktyabr kunlari Gretsiyaning Saloniki şahrida yoşlar, ösmirlar va kiçik ösmirlar örtasida sambo hamda jangovor sambo böyiça jahon çempionati bölib ötadi.
Uşbu nufuzli musobaqada Xorazm viloyatidan 9 nafar sportçi iştirok etadi. Ular Urganç şahar sport maktabi, YAKSTISM hamda Urganç davlat universiteti talabalari va tarbiyalanuvçilaridir.
Jahon çempionatida Xorazm şarafini himoya qiladigan sportçilar:
🥋 Töliyev Jöşqin — 46 kg, kadetlar;
🥋 Ataniyazova Matluba — 47 kg, ösmir qizlar;
🥋 Matnazarova Gulnora — 54 kg, ösmir qizlar;
🥋 Saliyeva Sarvinoz — 50 kg, ösmir qizlar;
🥋 Rahimov Behruz — 64 kg, ösmirlar;
🥋 Kamilov Kamron — 58 kg, ösmirlar;
🥋 Matyakubov Asadbek — 58 kg, yoşlar;
🥋 Möminov Doniyor — 64 kg, yoşlar, jangovor sambo;
🥋 Yöldoşboyev Asadbek — 98 kg, yoşlar, jangovor sambo.
Sportçilar musobaqada tajribali murabbiy Zafar Allabergenov boşçiligida iştirok etadi.
Endilikda barça etibor Salonikidagi bahslarga qaratilgan. Xorazmlik polvonlar jahon çempionatida munosib iştirok etib, yurtimiz bayroğini baland kötariş uçun tatamiga çiqadi.
Xorazmlik samboçilarga jahon çempionatida omad tilaymiz! Olğa, polvonlar!
