10 tadan penalti tepilgan öyinda Özbekiston Yaponiyaga yutqazdi
Bugun, 30 sentyabr kuni Yaponiyaning Aiçi-Nagoya şaharlarida ötkazilayotgan Osiyo öyinlarining futbol bahslarida Özbekiston vakillari maydonga çiqdi. Penaltilar seriyasigaça davom etgan öyinda Özbekiston mezbon jamoa vakillariga yutqazdi.
Uçraşuvning birinçi bölimida dastlabki daqiqalar Özbekiston yoşlari ustunligida ötdi. Bu 8-daqiqada öz mevasini berdi va Sardor Bahramov gol urib, jamoasini oldinga olib çiqdi. Şundan söng, yaponiyaliklar taşabbusni öz qoliga oldi. Qator hujumlarga qaramay, birinçi taymda hisob boşqa özgarmadi.
Ikkinçi bölimda Yaponiya futbolçilari ustunlikni davom ettirib, bir qança xavfli hujumlar uyuştirdi. Öyinning asosiy vaqti tugaşiga 2 daqiqa qolganda mezbonlar gol urib, bahsni ekstra-taymlarga olib ötdi. Biroq qöşimça bölimlarda ham tablodagi raqamlar özgarmadi. Penaltilar seriyasida esa jamoalar 10 tadan zarba yölladi. Yakunda omad mezbonlarga kulib boqdi – 8:7.
Malumot uçun, endi 3-örin uçun bahsda Özbekiston U-23 ga Xitoy U-23 jamoasi raqiblik qiladi. Uşbu uçraşuv joriy yilning 3 oktyabr kuni Toşkent vaqti bilan 15:00 da start oladi.