USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonning 2 şaxmatçisi FIDE reytingida kuçli beşlikka kirdi

174 марта
Ўзбекистоннинг 2 шахматчиси FIDE рейтингида кучли бешликка кирди

46-Butunjahon şaxmat olimpiadasidan söng şaxmatçilarning yangi reytingdagi natijalari malum böldi. Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) oktyabr oyi uçun xalqaro reytingni elon qildi.

Oçiq reytingda Javohir Sindorov 2782 oçko bilan 4-örinda qayd etilgan. U sentyabr oyida 2778 oçkoga ega bölgan, yani bir oyda reyting oçkolarini 4 taga oşirgan. Nodirbek Abdusattorov esa 2780 oçko bilan 5-örinni egallagan. Uning sentyabr oyidagi körsatkiçi 2762 oçko bölib, 18 ta oçko qöşilgan.

Nodirbek Yoqubboyev 2712 oçko bilan 26-örinda qayd etilgan. U sentyabr oyida 2685 oçkoga ega bölgan va bir oyda 27 ta oçko yiğgan. Rustam Qosimjonovning natijasi 2665 oçko bölib, avvalgi oyga nisbatan özgarmagan. Şamsiddin Vohidov esa 2649 oçko bilan 66-örinni egallagan, sentyabr oyidagi 2654 oçkoga nisbatan 5 ta oçko yöqotgan.

Oçiq reytingda esa norvegiyalik Magnus Karlsen 2823 oçko bilan 1-örinda qayd etilgan. AQŞ vakillari Hikaru Nakamura 2792 oçko bilan 2-örinni, Fabiano Karuana 2784 oçko bilan 3-örinni band etgan.

Ayollar reytingida Afruza Hamdamova 2447 oçko bilan 26-örinda qayd etilgan bölib, sentyabr oyida uning natijasi 2443 oçko edi, yani bir oyda 4 oçko qöşgan. Gulruxbegim Tohirjonova esa 2349 oçko bilan 91-örinda qayd etilgan va uning natijasi avvalgi oyga nisbatan özgarmagan.

Jahon ayollar reytingida xitoylik Xou Yifan 2596 oçko bilan 1-örinda turibdi. Uning hamyurti Çju Jiner 2559 oçko bilan 2-örinni, Çju Venjun esa 2553 oçko bilan 3-örinni egallagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Prezident Şavkat Mirziyoyev şaxmatçilarni Samarqandda ötkazilgan 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasidagi tarixiy ğalaba bilan tabriklagani va ularga mukofotlarni topşirgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: