Özbekiston Suriyani tor-mor etdi
Bugun, 1 oktyabr kuni Özbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasidagi örtoqlik öyinida Suriya milliy terma jamoasiga qarşi bahs olib bordi. Toşkentdagi “Paxtakor” stadionida ötgan uçraşuvda Özbekiston MTJ yirik hisobda ğalaba qozondi.
Öyin töliq özbekistonlik futbolçilar ustunligida ötdi. Dastlab, 28-daqiqada Şerzod Esonov Suriya darvozasini işğol qilib, hisobni oçdi. Birinçi bölim yakunida Akmal Mozgovoy darvozabon bilan yakkama-yakka çiqdi va möljalda adaşmadi – 2:0. Şu tariqa, “oq börilar” birinçi taymni işonçli hisobda yakunladi.
Ikkinçi bölim ham mezbonlar ustunligida boşlandi. Bu ustunlik 49-daqiqadayoq öz natijasini berdi. Husayn Norçayev Abbosbek Fayzullayev uzatgan töpni boşi bilan raqib darvozasiga joylab qöydi va tablodagi hisobni yirik körinişga keltirdi. Öyin asosiy vaqtining sönggi daqiqasida Norçayev yana yuqoridan uzatilgan töpni darvozaga aniq yöllab, dubl qayd etdi. 90+3-daqiqada esa avtogol sabab mehmonlar hisobiga gol yozildi. Öyin yakunigaça boşqa gol urilmadi va Özbekiston vakillari ğalabani tantana qildi.