Ronaldu “Paxtakor”ga qarşi öyin oldidan xet-trik qayd etdi
Keça, 29 oktyabr kuni Saudiya Arabistoni çempionatining 12-turida “Al-Nasr” öz maydonida “Al-Xolud”ni 5:3 hisobida mağlub etdi. Uçraşuvda portugaliyalik hujumçi Kriştianu Ronaldu xet-trik qayd etdi.
Ğolib jamoa safida Gabriel Anjelo (24-daqiqa), Sadio Mane (38) va Kriştianu Ronaldu (66, 72, 81) gol kiritdi. Mehmonlar jamoasining gollariga Juliyen Dominges (16, 90+4) hamda Loik Essomba (45+2) mualliflik qildi. Uşbu uçraşuvda xet-trik qayd etgan Ronaldu faoliyatidagi 67-xet-trikni rasmiylaştirdi.
Portugaliyalik hujumçi 2024 yil may oyida “Al-Vahda”ga qarşi Saudiya Arabistoni çempionatidagi 6:0 hisobidagi ğalabali uçraşuvdan buyon ilk bor rasmiy öyinda uçta gol urişga erişdi. Şuningdek, Ronalduning faoliyati davomidagi gollari soni 985 taga yetdi. Uşbu ğalabadan keyin “Al-Nasr” çempionat peşqadami “Al-Qodisiya” bilan oçkolarini tenglaştirdi. Har ikki jamoa hisobida 28 oçkodan mavjud.
Ronaldu jamoasi keyingi uçraşuvda joriy yilning 2 noyabr kuni Toşkentda “Paxtakor” jamoasiga qarşi maydonga tuşadi.