Ronalduning goli “Al-Nasr”ga ketma-ket törtinçi ğalabani keltirdi
Keça, 28 avgust kuni Saudiya Arabistoni çempionati 4-turidan örin olgan bahsda “Al-Nasr” öz maydonida “Al-Taavun”ni 2:1 hisobida mağlub etdi. Uçraşuv hal qiluvçi ğalaba goliga Kriştianu Ronaldu mualliflik qildi.
Ar-Riyoddagi “Al-Avval Park” stadionida bölib ötgan bahsda dastlab mehmonlar 11-daqiqada hisobni oçdi. Saudiyalik himoyaçi Basam Al-Xurayji aniq zarbasi bilan “Al-Taavun”ni oldinga olib çiqdi.
“Al-Nasr” birinçi bölim yakuniga kelib hisobni tenglaştirdi. 45+5-daqiqada portugaliyalik yarim himoyaçi Simo Koşta raqib darvozasini işğol qildi.
Ikkinçi bölim boşida esa Kriştianu Ronaldu mezbonlarga ğalaba keltirgan golni urdi. Portugaliyalik hujumçi 50-daqiqada öz nomini tabloga yozdirdi.
Bu 41 yoşli Ronalduning joriy mavsumdagi ikkinçi goli böldi. “Al-Nasr” sardori professional faoliyati davomida urgan gollari sonini esa 978 taga yetkazdi.
Şu tariqa, “Al-Nasr” Saudiya Arabistoni çempionatidagi dastlabki törtta uçraşuvning barçasida ğalaba qozondi. Ar-Riyod klubi 12 oçko bilan turnir jadvalida peşqadamlik qilmoqda.
“Al-Taavun” esa tört turdan söng 2 oçko jamğargan va 15-örinda bormoqda.