Xorazm para suzuvçilaridan oltin va kumuş zafarlar!
3-11-2026, 11:13
73 марта
Xorazm para suzuvçilaridan oltin va kumuş zafarlar!Xorazm sportçilari mamlakatimizning eng nufuzli musobaqalaridan biri bömiş Prezident Paralimpiadasida yuksak natijalarni qölga kiritib, viloyatimiz şarafini munosib himoya qilişdi.
Murosasiz va hayajonli keçgan suv havzasidagi bahslarda xorazmlik matonatli para suzuvçilar jami 7 ta medal — 2 ta oltin hamda 5 ta kumuş medalini qölga kiritib, çinakam jasorat va mahorat namunasini körsatişdi.
🥇 Oltin marralarni zabt etgan çempionlarimiz:
Baxodirov Alişer — 100 m brass (S8)
Atanazarova Gulinoza — 50 m erkin suziş (S10)
🥈 Kumuş medal sohiblari:
Baxodirov Alişer — 50 m erkin suziş (S8)
Xaitova Maqsuda — 50 m erkin suziş (S9)
Xaitova Maqsuda — 100 m brass (S9)
Rajabboyev Dadaxon — 100 m brass (S10)
Atanazarova Gulinoza — 100 m brass (S10)
Sportçilarimizning uşbu muvaffaqiyati nafaqat ularning maşaqqatli mehnati, balki viloyatimizda adaptiv sport turlarini rivojlantarişga qaratilayotgan yuksak e’tibor va ğamxörlikning amaldagi isbotidir.
Biz yuksak matonat va iroda körsatgan sportçilarimizni hamda ularning murabbiylarini uşbu yorqin ğalaba bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusi xalqaro musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!







