Xorazmlik sportçi MMA böyiça jahon çempionatida kumuş medalni qölga kiritdi
8-11-2026, 14:30
186 марта
Xorazmlik sportçi MMA böyiça jahon çempionatida kumuş medalni qölga kiritdiGruziya poytaxti Tbilisi şahrida bölib ötayotgan aralaş jang san'atlari (MMA) böyiça kattalar örtasidagi jahon çempionatida xorazmlik sportçi Mustafo Kadamov faxrli ikkinçi örinni egalladi.
Nufuzli musobaqada dunyoning köplab davlatlaridan kelgan kuçli sportçilar iştirok etmoqda. Özbekiston terma jamoasi safida maydonga tuşgan hamyurtimiz bir qator bellaşuvlarda raqiblaridan ustun kelib, final bosqiçigaça yetib bordi va kumuş medal sohibiga aylandi.
Bu natija nafaqat sportçining şaxsiy yutuği, balki butun Xorazm sporti uçun katta faxrdir. Kattalar toifasidagi jahon çempionatida sovrinli örinni egallaş har bir sportçining orzusidir. Mustafo Kadamovning bu muvaffaqiyati viloyatimizdagi yoş sportçilar uçun ham ibrat bölib, MMA sportiga qiziqişni yanada oşiradi.
«Xorazm Bugun» jamoasi Mustafo Kadamovni va uning murabbiylarini uşbu yuksak natija bilan çin qalbdan tabriklaydi hamda kelgusi musobaqalarda yangi ğalabalar tilaydi!
#XorazmBugun #Xorazm #MMA #Sport #JahonÇempionati #Tbilisi