USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

XORAZMLIK 18 YOŞLI ŞOHISTA KATTALARNI HAM YIQITDI!

138 марта
XORAZMLIK 18 YOŞLI ŞOHISTA KATTALARNI HAM YIQITDI!

Ayollar kuraşida sensatsiya: ösmirlar örtasidagi jahon çempioni Şohista Şonazarova kattalar örtasidagi Özbekiston çempionatida oltin medalni qölga kiritdi. Xorazm farzandi 50 kilogramm vazn toifasining yetakçilaridan biri Aktenge Keunimjayevani mağlubiyatga uçratib, mamlakat çempioni unvonini oldi.

HAL QILUVÇI BELLAŞUV
18 yoşli sportçi tajribali va nomdor raqibiga qarşi gilamga çiqdi. Köpçilik bu bellaşuvda tajriba ustun keladi, deb öylagan bölsa, Şohista aksini isbotladi. U ğalabani qöldan bermadi va kattalar sahnasidagi ilk yirik ğalabasini qayd etdi.

TARIX YOZGAN QIZ
Bu Şohistaning ilk katta yutuği emas. 2025-yil avgust oyida Afinada bölib ötgan 17 yoşgaça bölgan sportçilar örtasidagi jahon çempionatida u 40 kilogramm vaznda oltin medal yutgan edi. Bu Özbekiston ayollar kuraşi tarixidagi ilk jahon çempionligi bölgan. Çorak finalda u Germaniya, yarim finalda AQŞ vakilasini yengib, finalda yaponiyalik raqibini 11:0 hisobida mağlub etgandi.

ÖSMIRLARDAN KATTALARGA
Atigi bir yil ötib, Şohista 40 kilogrammdan 50 kilogramm toifaga ötdi va kattalar örtasida ham öz söziga ega ekanini körsatdi. Mutaxassislar fikriça, bunday tez ösiş yoş sportçining kelajakda xalqaro maydonlarda ham katta natijalarga erişişidan dalolat beradi.

XORAZM ĞURURI
Şohistaning ğalabasi Xorazm sporti uçun ham katta voqea. Yoş kuraşçi viloyatimiz qizlari uçun haqiqiy ibrat namunasiga aylanmoqda.

"Xorazm Bugun" jamoasi Şohista Şonazarovani mamlakat çempionligi bilan tabriklaydi va unga yangi ğalabalar tilaydi!

#Xorazm #kuraş #ŞohistaŞonazarova #sport #XorazmBugun

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: