La Liganing raqamli platformalari kiberhujumga uçradi
Ispaniya çempionati – La Liga özining raqamli platformalariga kiberhujum uyuştirilgani va bir neçta foydalanuvçining şaxsiy malumotlari öğirlanganini malum qildi.
Liga matbuot xizmati xabariga köra, joriy yilning 14 va 16 noyabr kunlari hujumçilar tizimga ruxsatsiz kiriş imkoniyatini qölga kiritgan. Oqibatda La Liga va bir neçta klubning raqamli xizmatlarida röyxatdan ötgan foydalanuvçilarning şaxsiy malumotlari qölga kiritilgan.
“16 noyabr kuni hujumni jilovlaş, malumotlarning çiqib ketişini töxtatiş va hujumçini bloklaş uçun barça zarur çoralarni kördik. Hodisa bitta platforma bilan çeklandi va La Liganing boşqa tizimlari yoki musobaqalariga tasir körsatmadi.Yangi hujum urinişlarini aniqlaş hamda La Liganing raqamli xizmatlari xavfsizligini taminlaş maqsadida tizimlar monitoringini kuçaytirdik”, deyiladi liga bayonotida.
La Liga xavfsizlik guruhi hujum manbasini aniqlagan, biroq yetkazilgan zarar miqdori hali baholanmagan.
Hodisa haqida Malumotlarni himoya qiliş agentligi (AEPD) hamda Ispaniya milliy politsiyasining kiberjinoyatçilikka qarşi kuraş bölimi xabardor qilingan. Ayni paytda holat yuzasidan tergov olib borilmoqda.