Kurtua faoliyatini qaysi klubda yakunlamoqçi ekanini aytdi
“Real Madrid” darvozaboni Tibo Kurtua faoliyatini “qirollik klubi”da yakunlaş istagi borligini malum qildi. Bu haqda Kurtua Madrid klubi rasmiy saytiga bergan intervyusida söz oçdi.
Joriy yilning 20 noyabr kuni “Real Madrid” 34 yoşli belgiyalik darvozabon bilan şartnomani 2028 yil 30 iyunga qadar uzaytirganini elon qildi.
“Şartnomamni yana bir yilga uzaytira olganimdan juda xursandman va buni katta şaraf deb bilaman. Maqsadim – faoliyatimni şu yerda yakunlaş. Klub menga işonayotganidan mamnunman. Hozirgi formatda Çempionlar ligasida ğolib çiqiş qiyinroq. Bu musobaqada ikki marta ğalaba qozonganimdan xursandman, ammo biz sovrinlarni qölga kiritişda davom etişni istaymiz”, deydi Kurtua.
Malumot uçun, Kurtua 2018 yildan buyon “Real Madrid” safida töp surmoqda. U klub tarkibida 348 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 13 ta sovrinni qölga kiritgan. Ular orasida Çempionlar ligasining 2 va Ispaniya çempionatining 3 ta ğolibligi bor. 2022 yilda belgiyalik darvozabon Parijda ötkazilgan Çempionlar ligasi finalining eng yaxşi futbolçisi deb topilgan.