Muxlislar jamoasini penaltidan qutqariş uçun VAR tizimini işdan çiqardi
Joriy yilning 21 noyabr kuni Ruminiya çempionati doirasida “Dinamo Buxarest” va “Petrolul” jamoalari örtasidagi uçraşuvda (0:1) mezbonlar muxlislari hakamning penalti belgilaşiga tösqinlik qiliş uçun VAR uskunasiga şikast yetkazdi. Bu haqda “Digi Sport” xabar berdi.
Naşr malumotiga köra, muxlislar takroriy lavhalarni köriş uçun möljallangan monitor kabelini uzib taşladi.
Uçraşuvning 36-daqiqasida “Dinamo” himoyaçisi David Irimiya öz jarima maydonida mehmonlar hujumçisi Rodrigo Martinsga nisbatan qoidabuzarlik sodir etdi. Boş hakam Gabriel Mixulyak dastlab öyinni davom ettirdi. Biroq VAR hakami Adrian Kojokaru va uning yordamçisi Sorin Kostrey vaziyatni tekşirişga kirişdi. Şuningdek, hujum boşlanişidan oldin ofsayd bölgan-bölmagani ham örganildi.
43-daqiqada Mixulyak vaziyatni monitor orqali körib çiqiş uçun çetga çaqirildi. Ammo hakam monitor oldiga yaqinlaşganida, uskunaning işdan çiqqanini payqadi. “Dinamo” muxlislaridan biri kabelni tortib, monitorni ağdarib yuborgan. Boşqa muxlislar esa simlarni uzib, uskunaga suyuqlik quyişgan.
Hakam uçraşuvni töxtatib, ikki jamoa vakillarini maydon çetida töpladi. Öyin taxminan 17 daqiqa töxtab qoldi, bahsli vaziyatni töliq körib çiqiş esa qariyb 24 daqiqa davom etdi.
VAR tizimi qayta işga tuşirilganidan söng, hakam takroriy lavhani körib çiqdi va dastlabki qarorini özgartirib, “Petrolul” foydasiga penalti belgiladi. Qöşimça vaqtning 12-daqiqasida Dan Nlundu penaltini aniq amalga oşirdi va jamoasiga ğalaba keltirdi.
Hakam birinçi bölimga jami 24 daqiqa qöşib berdi. Uçraşuv avvalroq “Petrolul” muxlislari tomonidan işlatilgan pirotexnika vositalari sababli ham tört daqiqaga töxtatilgan edi.