UFC Özbekistonda turnir ötkazişni rejalaştirmoqda
Tarixda ilk bor Özbekistonda dunyoning eng yirik MMA promouşeni – UFC turniri ötkazilişi mumkin. UFC 2027 yilda turnirlar geografiyasini kengaytirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda “La Gazzetta Georgia” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, UFC Özbekiston, Qirğiziston va Gruziyada ham musobaqalar taşkil etişni közlamoqda. Malumotlarga qaraganda, Özbekistondagi (Toşkentdagi “Humo Arena”) va Gruziyadagi (Tbilisi sport saroyi) turnirlar 2027 yilning uçinçi çoragiga rejalaştirilgan. Bişkekdagi “Bişkek Arena”dagi musobaqa esa kelasi yilning törtinçi çoragida ötkazilişi mumkin.
Hozirça aniq sanalar elon qilinmagan, musobaqalar ötkaziladigan arenalar ham dastlabki malumotlarga asoslangan.
Malumot uçun, Qozoğistonda ham ilk bor UFC turniri ötkazilişi rejalaştirilgan. Musobaqa 2027 yil 1 may kuni Olmaota şahridagi “Almati Arena”da bölib ötişi kutilmoqda. Liga 2020 yilda ham Qozoğistonda turnir taşkil etişni rejalaştirgan, biroq koronavirus pandemiyasi sababli uşbu reja amalga oşmagan.