Şakira Qirğizistonda kontsert beradi
Kolumbiyalik maşhur xonanda Şakira yaqin vaqtlarda Qirğiziston poytaxti Bişkekda kontsert beradi. Bu haqda Qirğiziston Prezidenti işlar boşqarmasi rahbari Kanibek Tumanbayev malum qildi.
Tumanbayev ijtimoiy tarmoqda Şakiraning videosini joylaştirib, “Tez orada “Bişkek Arena”da! Kutyapsizmi?” degan yozuv qoldirgan. Hozirça xonandaning Bişkekdagi çiqişi sanasi va kontsertning boşqa tafsilotlari rasman elon qilinmagan.
Yangi “Bişkek Arena” 51 ming tomoşabinga möljallangan. Avvalroq uşbu majmuada VI Jahon köçmançilar öyinlarining oçiliş marosimi bölib ötgan va unda amerikalik xonanda Nikol Şerzinger iştirok etgandi.
Malumot uçun, Şakira futbol olami bilan ham yaqin boğliq. U “Barselona” va Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyaçisi Jerar Pike bilan uzoq yillik munosabatda bölgan. Juftlik 2011 yilda munosabatlarini ommaga oşkor qilgan va ikki nafar farzandli.
Kolumbiyalik xonanda 2010 yilgi Jahon çempionatining rasmiy qöşiğiga aylangan “Waka Waka (This Time for Africa)” taronasi bilan ham futbol muxlislariga yaxşi taniş.
Eslatib ötamiz, Şakira joriy yil bölib ötgan Jahon çempionatida finalida ham çiqiş qilgandi.