Obameyang avtohalokatga uçradi
Ispaniyaning “Deportivo” klubi gabonlik hujumçisi Per-Emerik Obameyang jamoa maşğulotlariga ketayotganida avtohalokatga uçradi. Bu haqda “Mundo Deportivo” naşri xabar berdi.
Hodisa oqibatida heç kim jarohat olmagan. Obameyang maşğulot maydoniga yetib borib, jamoa bilan odatdagidek şuğullangan. Matbuot anjumanida futbolçi voqea tufayli biroz qörqib ketganini aytdi.
“Biz yaxşimiz, hayotda bunday holatlar bölib turadi. Eng muhimi, men bilan birga avtohalokatga uçragan inson ham soğ-salomat. Yomonlik ortidan yaxşilik keladi”, deydi futbolçi.
37 yoşli Obameyang joriy mavsum oldidan “Deportivo” safiga qöşilgan. U jamoa tarkibida 10 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 5 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oşirgan.
Malumot uçun, Obameyang faoliyati davomida Frantsiyaning “Lill”, “Sent-Eten” va “Marsel”, Italiyaning “Milan”, Germaniyaning “Borussiya Dortmund”, Angliyaning “Çelsi” va “Arsenal”, şuningdek, Ispaniyaning “Barselona” klublarida töp surgan.