Prezident Xalqaro velosipedçilar ittifoqi rahbarini qabul qildi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun, 27 noyabr kuni Xalqaro velosipedçilar ittifoqi prezidenti David Lappartenni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuvda Özbekistonning uşbu nufuzli sport taşkiloti bilan samarali hamkorligini yanada kengaytiriş masalalari körib çiqilgan.
David Lapparten Özbekistonning velosport va paravelosport sohasida erişgan yutuqlarini, şuningdek, mamlakatda zamonaviy sport infratuzilmasini rivojlantiriş hamda yoşlarni uşbu sport turiga keng jalb etiş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli işlarni etirof etgan.
Şuningdek, uçraşuv davomida sportçilarni tayyorlaş va murabbiylar malakasini oşiriş böyiça qöşma dasturlarni ilgari suriş, Toşkent şahrida Jahon velosport markazining mintaqaviy filialini taşkil etiş masalalariga alohida etibor qaratilgan.
Şuningdek, qöşma “yöl xaritasi” asosida Özbekistonda velosport böyiça yirik xalqaro sport tadbirlari va musobaqalarini ötkaziş rejalari muhokama qilingan.
Uçraşuv yakunida David Lapparten Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev velosportni rivojlantiriş va ommalaştirişga qöşgan ulkan hissasi uçun Osiyo velosiped konfederatsiyasining oliy faxriy mukofoti – “Prezident mukofoti” bilan tadirlanganini aytib ötgan.