Sindorov Kasparovning xatosini takrorlaşdan ogohlantirildi
“The Guardian” naşri şarhlovçisi Leonard Barden özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorovning Gukeş Dommarajuga qarşi jahon çempionligi uçun bahslarda Berlin himoyasini yorib ötişga urinişlarini Garri Kasparovning Vladimir Kramnikka qarşi yöl qöygan xatosi bilan taqqosladi.
Jahon çempionligi uçun keçayotgan bahsning dastlabki uçta partiyasidan söng özbekistonlik şaxmatçi ikki marta oq donalarda öynaş imkoniyatiga ega böldi va bir marta qora donalarda harakat qildi. Barça partiyalar durang bilan yakunlandi. Hozirda hisob 1,5:1,5.
Uçinçi partiyada Gukeş raqibiga nisbatan yaxşiroq tayyorgarlik körganini yaqqol namoyon etdi. U birinçi partiyadagi kabi yana Berlin himoyasiga asoslangan “Rui Lopes” debyutini tanladi. Sindorov Gukeş işonç bilan harakat qilgan bir paytda öz vaqtining qariyb bir soatini yöqotdi. Şunga qaramay, partiyadagi muvozanatni saqlab qoldi va uçinçi öyin ham durang bilan yakunlandi.
Bahslarning hali dastlabki bosqiçi bölsa-da, Sindorov yettita oq donalar bilan ötkazadigan partiyasidan ikkitasini ötkazib böldi. Demak, unda yana beşta imkoniyat qoldi. Bardenning aytişiça, bu holat Garri Kasparovning 2000 yilda Londonda Vladimir Kramnikka qarşi jahon çempionligi uçun ötkazgan bahsidagi asosiy xatosini eslatgan. Öşanda Kasparov oq donalarda öynagan partiyalarining aksariyatida Berlin himoyasini yengişga uringan edi. Sindorov endi qora donalarda öynaganda murakkabroq yölni tanlaşi mumkin. Biroq bunday strategiya nazariy jihatdan köproq xavf tuğdiradi.
Malumot uçun, törtinçi partiya dam oliş kunidan söng bugun, 28 noyabr kuni ötkaziladi. Amaldagi jahon çempioni Gukeş uşbu bahsda oq donalarda öynaydi. Bahs Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlanadi. Jahon çempionligi bahsi jami 14 ta klassik partiyadan iborat bölib, ğoliblik uçun şaxmatçilardan biri 7,5 oçko töplaşi kerak.