KJÇ finali. Sovrin Londonga ketdi
14-07-2025, 07:53
302 марта

KJÇ finali. Sovrin Londonga ketdi
AQŞda klublar örtasidagi jahon çempionati yakuniga yetdi — finalda favoritlarni turnirdan çiqarib yuborgan «PSJ» va nisbatan yengil raqiblarni ortda qoldirgan «Çelsi» töqnaşdi.Bu mavsumda özi iştirokidagi barça turnirlarni ğalaba bilan yakunlagan va öyin oldidan favorit sanalgan parijliklar finalda londonliklardan kutilmaganda qaqşatqiç mağlubiyatga uçraşdi. «Çelsi» raqibi darvozasiga javobsiz 3 ta töp kiritdi.
Final qahramoni — Koul Palmer, ikkita gol urib, Joao Pedroga goli uzatmani amalga oşirdi.
«Çelsi» yangi formatdagi turnirning ilk çempioni sifatida tarixga kirdi. Bundan taşqari, londonliklar 2021 yilda ham KJÇ çempioni bölişgan.
KJÇ. Final
13 iyul. Nyu-York. «Metlayf Stedium»
Çelsi — PSJ 3:0
Gollar: Palmer (22, 30), Pedro (43).
Çelsi: Sançes, Gyusto, Çaloba, Koluill, Kukurelya, Fernandes (Santos, 61), Kaysedo, Jeyms (Dyuzberi-Holl, 77), Palmer, Netu (Nkunku, 78), Pedro (Delap, 67).
PSJ: Donnarumma, Hakimi (Ramuş, 73), Markinos, Beraldo, Mendeş, Vitinya, Ruis (Zair-Emeri, 73), Neveş, Dembele, Due (Mayulu, 73), Kvaratsxeliya (Barkolya, 58).
Ogohlantirişlar: Netu (34), Kaysedo (36), Gyusto (40), Koluill (82), Mendeş (90+4).
Çetlatiş: Neveş (86).