USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

«Futbol qiroli» qay tarzda xalqni savodxon qilgan edi?

125 марта

«Futbol qiroli» qay tarzda xalqni savodxon qilgan edi?

Inson har xil sohalarga qiziqadi. Buning zamirida etibor va kuzatiş yotadi. Özi uçun öta muhim hisoblangan biror bir qiziqişi esa haqiqiy şaydolikka olib keladi. Bu şaydoligi şu darajaga borib yetadiki, sohaga «siğiniş»ga aylanadi. Masalan, Braziliyada futbolga şaydolik, Hindistonda kinoga oşuftalik «hayot falsafasi»ga aylangan. Deylik, öz muammolari qalaşib yotsa-da, hindlar oxirgi pulini ham kino köriş uçun sarflaydi...

1958, 1962 yillarda Braziliya futbol böyiça jahon çempionligi qölga kiritadi. Azaldan futbolga qiziqiş kuçli bölgan Braziliya aholisi futbolga muxlislikning eng yuqori çöqqisiga çiqadi. Ikki marta jahon çempionligini qölga kiritganlar orasida eng maşhuri Pele (töliq familiyasi Édson Arantis du Nasimentu Pele) edi. Oradan bir qança yillar ötib, jahon miqyosinda futbol qiroli deb tan olingan Pele töğrisida hamma muxlislar bilişga intilişadi.

 

Pele kambağal oiladan çiqib, futbolçi sifatida jahonga tanildi. Obrö-etibori jihatidan dunyodagi eng maşhur kişilar safidan joy oldi. Jahon OAVlarida Pele haqida köp yozildi, televideniyeda körsatuvlar berildi, radioda eşittirişlar olib borildi. Futbol muxlislari orasida uning töğrisida yuzlab afsonalar yaratiladi... 

Pele juda köp unvon va sovrinlarni qölga kiritgan. Ular orasida futbolga aloqador bölmagan jahonga maşhur unvonlar bor edi. Masalan: Buyuk Britaniya ritsar-komandori, Edingburg universiteti doktori, jahondagi bir qança jamiyatlarning faxriy prezidenti va yana hokazo.


1965 yili Braziliya maorif vazirligi tomonidan Pelega taqdim etilgan oltin medal öziga xosdir. Uşbu nişon unga Braziliyada savodxonlikni oşirişga qöşgan ulkan hissasi uçun berilgan edi. Gap şundaki, Pelening «Men – Pele» nomli avtobiografik kitobi bosilib çiqqan va muxlislar öz kumirining hayoti va faoliyatini örganiş uçun uni öqiy boşlagandi. Afsonaga aylangan maşhur yulduzga Braziliyaning deyarli barça aholisi qiziqardi-da!


Qarangki, 1960 yillarda Braziliyaning yarim aholisi öqişni bilmagan. Pelening kitobini öqiş uçun esa savod çiqariş kerak edi. Aholi maktabga qatnay boşladi. Natijada öquvçilar soni ortib ketdi. Braziliya maorif vazirligi malumotlariga köra, aholining savodxonlik darajasi 20 foizga köpaygan.


1970 yilda Pele Braziliya terma jamoasi tarkibida tarixda birinçi bölib uçinçi bor jahon çempioni böldi. Bu rekord hozirgaça özgargani yöq. Futbolda mislsiz mahrorat körsatgan Pele öz kitobi bilan muxlislarni bilim olişga ham undagan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: