JÇ-2026 favoritlari taxmin qilindi. Röyxatda Özbekiston ham bor
12-09-2025, 11:59
123 марта

JÇ-2026 favoritlari taxmin qilindi. Röyxatda Özbekiston ham bor
2026 yilgi jahon çempionatiga yöllanma olgan milliy jamoalarning mundialdagi imkoniyatini tahlil qilib çiqildi. “Goal“ naşri talqiniga köra, turnirning ilk iştirokçisi hisoblangan Özbekiston milliy terma jamoasi favoritlar reytingida 25-örindan joy olgan.Naşr mezbonlar uçligi, yöllanmani qölga kiritganlar va FIFA'ning sönggi reytingiga köra dunyodagi kuçli 16 ta jamoaning imkoniyatlarini tahlil qilgan.
“Özbekiston nihoyat kelasi yozda ilk marta jahon çempionati final bosqiçida qatnaşadi.
Ular uçun saralaş yöli ançagina oğir keçdi. Yanvar oyida boş murabbiy Sreçko Katanets kasallik sabab lavozimdan ketişga majbur böldi. Biroq milliy terma jamoaning sobiq yarimhimoyaçisi Temur Kapadze sloveniyalik murabbiy boşlab bergan işni oxiriga yetkazib, 5 iyun kuni BAAga qarşi juda oğir keçgan 0:0 hisobidagi durang bilan “A” guruhida dastlabki ikki örindan birini kafolatladi. Bu natija bilan jamoadagi işonç yanada ortadi – çunki sönggi 10 ta öyinning 7 tasida darvoza daxlsizligi saqlanib qolindi – duşanba kuni finalda Eronni 1:0 hisobida mağlub etib, CAFA Nations Cup-2025 sovrindori bölişdi. Demak, Özbekistonning judayam kam imkoniyatlari bor bölsa-da, pley-off bosqiçiga çiqiş orzusi mustahkam himoyaga boğliq. Bu yerda esa “Mançester Siti” markaziy himoyaçisi Abduqodir Husanov yetakçilik qiladi. Şunga qöşimça, hujumda ham yetakçi bor: sardor Eldor Şomurodov “Roma” klubi futbolçisi bölib, hozirda “Istanbul Başakşehir”da töp surmoqda. Şuningdek, bu yetakçilar safiga jamoani olğa boşlay oladigan 21 yoşli serqirra yarimhimoyaçi Abbosbek Fayzullayev ham qöşildi”, deydi naşr Özbekiston terma jamoasi haqidagi malumotda.
Naşr talqiniga köra, Ispaniya milliy jamoasi JÇ-2026 favoriti sifatida körsatilgan. Argentina va Angliya uçlikdan joy olgan bölsa, Portugaliya, Frantsiya, Germaniya, Niderlandiya, Braziliya, Marokaş va Ekvador favoritlar top-10 taligidan joy olgan. Osiyo jamoalari orasida Janubiy Koreya va Yaponiyaning imkoniyati yuqori baholangan bölib, ular 11 va 12-örinda qayd etilgan. CAFA finalida Özbekistonga mağlub bölgan Eronning imkoniyati ham yaxşiroq baholanmoqda – 22-örin. Iordaniya esa 26-örin bilan Özbekiston milliy jamoasidan keyingi örinni egallagan.
Şuningdek, Urugvay (13), Xorvatiya (14), Belgiya (15), Kolumbiya (16), Italiya (17), Meksika (18), Paragvay (19), Kanada (20), Avstraliya (21), AQŞ (23), Tunis (24) va Yangi Zelandiya (27) ham reytingdan joy olgan.