“Inter Mayami” MSN triosini qayta tiklamoqçi
13-10-2025, 19:02
251 марта

“Inter Mayami” MSN triosini qayta tiklamoqçi
“Inter Mayami” braziliyalik yulduz Neymarni transfer qiliş imkoniyatini örganmoqda. Agar bitim amalga oşsa, sobiq MSN (Messi, Suares, Neymar) triosi yana bir jamoada birlaşadi. Bu haqda “The Sun” naşrlari xabar berdi.Devid Bekxemga tegişli Amerika klubi hozirda Neymar bilan muzokaralar olib boriş imkoniyatini körib çiqmoqda. Hujumçi yaqinda “Santos” bilan şartnomasini yakunlaydi va erkin agentga aylanadi. Bu esa “Inter Mayami” uçun katta transfer imkoniyatini yaratadi.
Klub Messi, Suares, Serxio Buskets va Jordi Albani öz safiga qöşib olganidan söng, MLS ning eng yulduzli jamoasiga aylangan edi. Neymar transferi esa uşbu loyihani global miqyosda yanada kuçaytirişi va liganing brend qiymatini oşirişi mumkin.
Neymar hozirda jarohatlardan söng öz formasini tiklaşni maqsad qilgan. Messi va Neymar birgalikda 2021 va 2023 yillar oraliğida “Pari Sen-Jermen” jamoasida top surgan edi.
Şuningdek, “Inter Mayami” jamoasi mavsum söngida faoliyatini yakunlaşini elon qilgan Jordi Albaning örniga “Tottenxem”ning sobiq futbolçisi Serxio Regilonni öz safiga qöşib olişni maqsad qilgan.