USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xorazmlik Atamuratov Temur Samarqanddagi ATF professional ligada ğalaba qozondi

148 марта
Xorazmlik Atamuratov Temur Samarqanddagi ATF professional ligada ğalaba qozondi

28 mart kuni Samarqand şahrida ATF professional liga doirasida navbatdagi janglar bölib ötdi. Mazkur musobaqada 77 kg vazn toifasida Xorazm viloyati vakili Atamuratov Temur ham iştirok etdi.

Uşbu vazn toifasida Atamuratov Temurga raqib sifatida Nodir Xayriddinov qarşi turdi. Qizğin va murosasiz keçgan jang davomida har ikki sportçi ham yuqori tayyorgarlik va mahorat namoyiş etdi.

Jang yakuniga köra, ustunlikni qölga kiritgan Atamuratov Temur işonçli ğalabaga erişdi. Uning bu natijasi nafaqat şaxsiy yutuq, balki Xorazm sporti uçun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Mutaxassislar takidlaşiça, Temurning texnik tayyorgarligi, tezkor qaror qabul qilişi va jang davomidagi barqarorligi uning asosiy ustunliklaridan biri böldi.

Mazkur ğalaba orqali Atamuratov Temur özining professional faoliyatida yana bir muhim qadam taşladi. Kelgusida u yanada yirik musobaqalarda iştirok etib, yurtimiz va viloyati şarafini munosib himoya qilişi kutilmoqda.

Xorazmlik yoş sportçining uşbu yutuği muxlislar va sport jamoatçiligi tomonidan iliq kutib olinmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: