Suniy intellekt yordamida ilk vaktsina yaratildi
5-06-2026, 13:44
124 марта

Suniy intellekt yordamida ilk vaktsina yaratildi
Kembrij universiteti olimlari suniy intellekt yordamida yaratilgan dunyodagi ilk vaktsinani odamlar iştirokida sinovdan ötkazdi. Bu haqda BBC xabar berdi.Tadqiqotçilar uşbu işlanma nafaqat COVID-19 ning barça variantlariga, balki kelajakda pandemiyaga sabab bölişi mumkin bölgan yangi koronaviruslarga ham qarşi himoya yaratişga xizmat qilişi mumkinligini aytmoqda.
Tadqiqot mualliflariga köra, vaktsinaning asosiy tarkibiy qismi bölgan antigen ilk bor töliq suniy intellekt tomonidan işlab çiqilgan. Buning uçun olimlar turli koronaviruslarning genetik malumotlarini suniy intellekt yordamida tahlil qilgan. Natijada viruslarning keng doirasiga qarşi immun javob hosil qila oladigan maxsus “super-antigen” yaratilgan.
Mutaxassislarning takidlaşiça, ananaviy vaktsinalar odatda virusning malum bir ştammiga qarşi işlab çiqiladi va virus mutatsiyaga uçragan sari ularni yangilab borişga töğri keladi. Yangi texnologiya esa viruslarning kelajakdagi özgarişlarini ham hisobga olib, keng qamrovli himoya yaratişni maqsad qilgan.
Dastlabki klinik sinovlarda 39 nafar köngilli iştirok etgan. Tadqiqotçilar vaktsina xavfsiz ekanini malum qilgan bölsa-da, uning immun tizimiga tasiri hozirça mötadil darajada ekani qayd etilgan. Ayni paytda vaktsinaning samaradorligini çuqurroq baholaş uçun 200 ga yaqin iştirokçini qamrab olgan ikkinçi bosqiç sinovlari davom etmoqda.
Loyiha rahbarlaridan biri, Kembrij universiteti professori Jonatan Hinining aytişiça, yangi yondaşuv viruslar ortidan quviş örniga, ehtimoliy pandemiyalarning oldini olişga qaratilgan.
“Bu pandemiyalarga tayyorgarlik köriş usulimizdagi tub burilişdir”, deydi Jonatan Hini.Olimlar allaqaçon şu texnologiya asosida universal mavsumiy gripp vaktsinasi, H5N1 quş grippiga qarşi preparatni hamda Ebola virusining turli turlariga qarşi vaktsinalarni işlab çiqiş ustida işlamoqda.
Tadqiqot natijalari ilmiy doiralarda katta qiziqiş uyğotmoqda. Mutaxassislar suniy intellekt kelajakda vaktsinalarni yaratiş jarayonini sezilarli darajada tezlaştirişi, yangi infektsiyalarga qarşi kuraşda muhim vositaga aylanişi mumkinligini takidlamoqda.