Qizlarni Dubayga foxişalikka jönatayotgan ayol uşlandi
27-04-2026, 15:02
204 марта

Qizlarni Dubayga foxişalikka jönatayotgan ayol uşlandi
Toşkent xalqaro aeroportida 24 yoşli ayol aldov yöli bilan bir fuqaroni Dubayga olib ketayotgan vaqtda töxtatib qolindi. Bu haqda Davlat havfsizlik xizmati xabar berdi.Malum qilinişiça, Davlat havfsizlik xizmati Toşkent şahar böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Içki işlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.
Aytilişiça, uşbu ayol poytaxt hududida qizlarni xorijiy davlatlarga jinsiy ekspluatatsiya qiliş uçun yuboriş bilan şuğullanuvçi jinoiy guruh vakili hisoblangan.
Habarga köra, 2002 yilda Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida tuğilgan ayol 4 nafar qizlarni aldov yöli bilan yollagan. Şundan söng ulardan birini özi bilan birga Dubay şahriga olib ketayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan töxtatib qolingan.
Holat yuzasidan uşbu ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi “z” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Şuningdek ayolga “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.