Qöşni mamlakatdan olib ötilgan 77 kg narkotik moddalar töxtatib qolindi
10-03-2026, 10:59
215 марта

Qöşni mamlakatdan olib ötilgan 77 kg narkotik moddalar töxtatib qolindi
Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida qöşni mamlakatdan olib kelingan jami 77 kg narkotik moddalar musodara qilindi.Davlat xavfsizlik xizmatining Çegara qöşinlari va Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi hamda bojxona organlari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Tojikiston Respublikasidan kontrabanda qilingan katta miqdordagi narkotik moddalar töxtatib qolindi.
Xususan, “özbek-tojik” davlat çegarasining Xovos tumani Şarqobod mahallasi hududidan ötuvçi qismida tojikistonlik narkokurerlar tomonidan çegara sim tösiqlari ustidan uloqtirilgan 6 dona sumkalarni qabul qilib olgan vaqtlarida 1983 va 1990 yillarda tuğilgan 2 nafar mahalliy fuqaro çegara naryadi tomonidan uşlandi.
Uşbu sumkalar xolislar iştirokida közdan keçirilganda, ularning içida 8 kg 314 gr “geroin” va 54 kg 458 gr “opiy” moddalari borligi malum böldi.
Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanildi.
Surxondaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona va Içki işlar organlari xodimlari tomonidan Sariosiyo tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda, mazkur tumandagi umumiy örta talim maktablaridan birida öqituvçi bölib işlovçi, 1984 y.t. fuqaro muqaddam tojikistonlik narkokurerlar keltirib bergan 14 kg 680 gr “opiy” moddasini şartli xaridorga 180 ming AQŞ dollariga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanildi.