Qizlarni fohişalik uçun Turkiyaga jönatayotgan “Leyla” uşlandi
24-06-2025, 22:50
228 марта

Qizlarni fohişalik uçun Turkiyaga jönatayotgan “Leyla” uşlandi
Toşkent xalqaro aeroportida özbekistonlik qizlarni yuqori maoşli iş bahonasida Turkiyaga olib ketmoqçi bölgan ayol qölga olindi. Bu haqda poytaxt Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.Malum qilinişiça, Toşkent xalqaro aeroportida ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida S. ismli ayol ijtimoiy tarmoqlar orqali tanişgan boşqa bir ayolning işonçiga kirib, unga xorijda katta daromadli iş vada qilgan holda Turkiyaga olib ketayotgan vaqtida IIBB tezkor-qidiruv xizmati tomonidan qölga olingan.Uning buyumlari xolislar iştirokida közdan keçirilganda S.ning yonidan xorijga çiqiş pasporti, Toşkent-Istanbul yönalişidagi reysga aviaçiptalar hamda uyali telefon apparatlari topilgan va ular örnatilgan tartibda rasmiylaştirib olingan.
Aniqlanişiça, özini “Leyla” deb taniştirgan ayol Özbekistonda yaşab turgan qizlarni Turkiya davlatiga fohişalikka çaqirib, u yerda işlaşga taklif qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda