40 ta soxta YTH uyuştirib, suğurta pullarini özlaştirganlar qölga tuşdi
27-04-2026, 17:04
66 марта
40 ta soxta YTH uyuştirib, suğurta pullarini özlaştirganlar qölga tuşdiToşkentda sahnalaştirilgan yöl-transport hodisalari orqali suğurta tovonlarini noqonuniy qölga kiritib kelgan uyuşgan guruh foş etildi.
Malumotlarga köra, “BLACK BULL RENT” MÇJ rahbari A.A. boşçiligidagi guruh 2024 yil davomida amalda sodir bölmagan YTHlarni tizimli ravişda uyuştirib kelgan. Guruh azolarining ayrimlari avtomobil topiş, boşqalari haydovçi yoki jabrlanuvçi rolini bajariş, yana bir qismi esa yevroprotokol va suğurta tölovlari uçun zarur hujjatlarni qalbakilaştiriş bilan şuğullangan.
Tergovda ular jami 40 ta soxta YTH holatini rasmiylaştirgani aniqlangan. Har bir epizodda deyarli bir xil sxema qöllangan. Bir xil avtomobillar turli holatlarda qayta-qayta işlatilgan. Ayrim holatlarda bir maşina bir safar aybdor, keyingi holatda esa jabrlanuvçi sifatida körsatilgan.
Firibgarlik sxemasida asosan Malibu-2, Tracker, Nexia va VAZ rusumli avtomobillardan foydalanilgan.
Tergovçilar etiborini tortgan yana bir jihat deyarli barça holatlarda zarar miqdori bir xil körsatilgan. Qalbaki hujjatlarda suğurta kompaniyalariga 13–14 million söm atrofida zarar yetkazilgani qayd etilgan va aynan şu mablağlar suğurta tovonlari sifatida undirib olingan.
Mazkur sxema orqali firibgarlar oltita suğurta kompaniyasini aldaşgan. Oqibatda ularga yetkazilgan umumiy moddiy zarar 811,8 million sömni taşkil etgan. (Izoh: Agar 40 ta YTHning har biridan 13-14 mln sömdan olingan bölsa, jami summa 81,8 mln emas, 500 mln atrofida bölişi kerak. Ehtimol, raqamda xato ketgandir?)
Bir xil avtomobillarning qisqa vaqt içida tez-tez “avariya”ga uçraşi va hodisalarda bir xil şaxslarning takroran qatnaşişi huquqni muhofaza qiluvçi organlarda şubha uyğotgan. Şundan söng tergov harakatlari boşlangan va sxema foş etilgan.
Jinoyat işlari böyiça sud hukmiga köra, A. Abdusattorov, S. Abdusattorov va Z. Yöldoşev Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilaştiriş) bilan aybdor deb topildi.
Aybga iqrorlik kelişuvi tasdiqlangani inobatga olinib, sudlanuvçilarning har biriga 103 million 700 ming sömdan jarima jazosi tayinlandi.