“Oqlovga teng”. Gulnora Karimova işi böyiça sud töxtatildi
28-04-2026, 16:37
568 марта

“Oqlovga teng”. Gulnora Karimova işi böyiça sud töxtatildi
Şveytsariya Federal jinoiy sudi Özbekistonning Birinçi prezidentining qizi Gulnora Karimovaga nisbatan pul yuviş böyiça sud jarayonini uning Özbekistonni öz vaqtida tark etişiga ruxsat berilmagani sababli töxtatdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.Qayd etilişiça, sud mazkur jinoyatlar böyiça davo muddati tugagunga qadar biror qarorga keliş imkonsiz ekanligini bildirgan. Bungaça har qanday ayblovlarni rad etgan Karimova pora olişda va 2005—2013 yillar davomida Şveytsariyadagi hisob raqamlariga yuzlab million dollarlarni yönaltirgan “Ofis” nomli jinoiy taşkilotga rahbarlik qilişda ayblanayotgan edi.
“Şveytsariya Federal jinoiy sudi tomonidan mijozimiz Gulnora Karimova foydasiga çiqarilgan bugungi qaror Şveytsariya qonunçiligiga köra oqlovga tengdir. Sud jarayonni davom ettiriş uçun doimiy tösiq mavjud deb hisobladi”, deydi uning advokati Greguar Manjea.
Bunda Karimovaning sud majlisida qatnaşa olmasligi nazarda tutilgan.
Gulnora Karimova Özbekistonda 2028 yil dekabrigaça qamoq jazosini ötamoqda. Şveytsariya Boş prokuraturasi tomonidan ilgari surilgan ayblovlar böyiça davo muddati esa aynan öşa yili tugaydi.