USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston söz erkinligi reytingida 147-örinda: bu natija qançalik qoniqarli?

124 марта
Özbekiston söz erkinligi reytingida 147-örinda: bu natija qançalik qoniqarli?

Xalqaro Çegara bilmas muxbirlar (Reporters Without Borders) taşkiloti tomonidan elon qilingan 2026 yilgi Jahon matbuot erkinligi indeksida Özbekiston 147-örinni egalladi. Bu natija mamlakatda söz va matbuot erkinligi borasida amalga oşirilayotgan islohotlar fonida turli bahs va muhokamalarga sabab bölmoqda.

Indeksga köra, Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qirğiziston 146-örin bilan nisbatan yuqoriroq poğonada qayd etilgan. Özbekiston esa undan keyingi örinni band etgan. Qozoğiston 149-örinda, Tojikiston 155-örinda joylaşgan bölsa, Turkmaniston 173-örin bilan mintaqada eng past körsatkiçni qayd etgan.


Mazkur reyting dunyo mamlakatlaridagi matbuot erkinligi holatini kompleks baholaş asosida şakllantiriladi. Unda jurnalistlar xavfsizligi, davlat organlari bilan munosabatlar, tsenzura holatlari, axborotdan foydalaniş imkoniyatlari va media muhitining mustaqilligi kabi mezonlar inobatga olinadi.

Sönggi yillarda Özbekistonda axborot sohasini liberallaştiriş, jurnalistlar faoliyatini qöllab-quvvatlaş va oçiqlikni taminlaşga qaratilgan bir qator islohotlar amalga oşirilmoqda. Şu bilan birga, xalqaro reytinglardagi örin mamlakatda hali ham yeçimini kutayotgan masalalar mavjudligini körsatmoqda.

Mutaxassislar takidlaşiça, söz erkinligi darajasi nafaqat ommaviy axborot vositalari rivoji, balki jamiyatdagi oçiqlik, şaffoflik va fuqarolik faolligini taminlaşda ham muhim ahamiyatga ega. Şu nuqtai nazardan, bunday reytinglar davlat va jamiyat uçun öziga xos signal vazifasini bajaradi.

Endilikda asosiy savol — Özbekiston uşbu körsatkiçni yaxşilaş uçun qanday amaliy qadamlar qöyadi va bu jarayon qanday suratda davom etadi?

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: