Özbekiston va Škoda Group örtasida 10 ta elektropoyezd yetkazib beriş böyiça şartnoma imzolandi
30-04-2026, 19:54
123 марта
Özbekiston va Škoda Group örtasida 10 ta elektropoyezd yetkazib beriş böyiça şartnoma imzolandiKelişuv doirasida poyezdlarga servis xizmati körsatiş va tajriba almaşiş uçun Škoda akademiyasini oçiş közda tutilgan.
"Özbekiston temir yöllari" va Çexiyaning eng yirik kompaniyalaridan biri Škoda Group örtasida qiymati 3 milliard krondan (~143 million dollar) ortiq bölgan önta zamonaviy elektropoyezdlarni yetkazib beriş böyiça strategik hamkorlik şartnomasi imzolandi.
Hujjat Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Çexiya boş vaziri Andrey Babiş iştirokida imzolandi.
Kelişuvga muvofiq, Boltiq platformasi asosida yaratilgan 10 ta yangi avlod mintaqaviy elektropoyezdlari yetkazib beriladi.
"Uşbu loyiha Özbekiston va Çexiya hukumatlari, Özbekiston temir yöllari va Škoda Group jamoalarining uzoq muddatli hamkorligi natijasidir.
Özbekiston - transport infratuzilmasini modernizatsiya qiliş böyiça ulkan rejalarga ega bölgan jadal rivojlanayotgan mamlakat," - dedi guruh rahbari Petr Novotniy.
Uşbu loyihaga harakatlanuvçi tarkibga servis xizmati körsatiş ham kiradi.
"Loyihaning bir qismi, şuningdek, Škoda Group’ning uşbu poyezdlarga xizmat körsatiş quvvatlarini bevosita Özbekistonda joylaştiriş va mahalliy hamkorlar kelajakda poyezdlarga xizmat körsatiş va tamirlaşni mustaqil ravişda taminlaşi uçun ekspert bilimlari va xizmat körsatiş tartib-qoidalarini bosqiçma-bosqiç ötkazişdan iborat," - deya qöşimça qildi Novotniy.