44 ta tumanda “elektroset” rahbari işdan haydaldi
1-05-2026, 08:01
908 марта

44 ta tumanda “elektroset” rahbari işdan haydaldi
Elektrdagi yöqotişlar sabab 44 ta tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari işdan olindi. Şuningdek, “Hududgaz Xorazm” gaz taminoti filiali rahbari ham jiddiy kamçiliklarga yöl qöygani uçun lavozimidan böşatildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.Joriy yilning 24 aprel kuni Prezident raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişida davlat rahbari energiya samaradorligi masalalariga alohida töxtalib, elektr energiyasi yöqotişlari 20 foizdan yuqori bölgan 44 ta tuman elektr tarmoqlari korxonalaridagi holatni tanqid qilgan edi.
Şu munosabat bilan xulosa çiqarmagan rahbarlarni zudlik bilan işdan oliş, ularning örniga yoş kadrlarni tayinlaş hamda yöqotişlarni kamida ikki barobar qisqartiriş böyiça aniq KPI belgilaş zarurligi takidlangandi.
Mazkur topşiriqlar ijrosini taminlaş maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov boşçiligida tanqidiy yiğiliş ötkazilgan.
Yiğilişda tarmoq rahbarlari, hududiy elektr va gaz korxonalari mutasaddilari iştirok etib, energiya samaradorligi va energiya resurslari yöqotişlarini kamaytiriş böyiça olib borilayotgan işlar tanqidiy tahlil qilingan. Şuningdek, keçiktirib bölmaydigan ustuvor vazifalar belgilab olingan.
Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspektsiyasi tomonidan olib borilgan örganişlar natijasida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş maqsadida hududlarda işçi guruhlar taşkil etilgan. Ular tomonidan jami 106 140 ta transformator punktining texnik holati örganilib, 25 668 tasi tamirtalab ekani aniqlangan va ayni paytda ularni tamirlaş işlari olib borilmoqda.
Şu bilan birga, yuqori yuklamaga ega tarmoqlarda simlarni almaştiriş, zarur hududlarda tarmoqlarni tezkor modernizatsiya va rekonstruktsiya qiliş, şuningdek, noqonuniy holatlarning oldini oliş çoralarini kuçaytiriş böyiça topşiriqlar berilgan.
Yiğilişda, şuningdek, elektr energiyasi yöqotişlarini kamaytirişda suniy intellekt texnologiyalaridan foydalaniş loyihasini jadallaştiriş masalasiga alohida etibor qaratilgan.
Gaz taminoti masalalari böyiça olib borilayotgan işlar ham tanqidiy körib çiqilib, bu borada jiddiy kamçiliklarga yöl qöygani uçun “Hududgaz Xorazm” gaz taminoti filiali rahbarini işdan oliş böyiça topşiriq berilgan.
Şuningdek, yoz va kuz-qiş mavsumlariga puxta tayyorgarlik köriş, mavjud muammolarni oldindan bartaraf etiş, gaz quyiş şoxobçalarini “UGaz” tizimiga ulaş işlarini qisqa vaqtda yakunlaş, gaz taminoti tizimining barqaror işlaşini taminlaş hamda aholiga uzluksiz va sifatli xizmat körsatişni yölga qöyiş yuzasidan aniq topşiriq va ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Yiğiliş yakunida elektr energiyasi yöqotişlari 20 foizdan yuqori bölgan hududlar kesimida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Andijon filialidagi 14 ta, Jizzax filialidagi 7 ta, Samarqand filialidagi 10 ta, Qaşqadaryo filialidagi 4 ta, şuningdek Sirdaryo, Toşkent va Farğona filiallaridagi 2 tadan tuman (şahar) elektr korxonalari rahbarlari lavozimidan ozod etilgan.