USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Elektr yöqotişi köp bölgan tumanlarda masul rahbarlar işdan olinadi

65 марта
Elektr yöqotişi köp bölgan tumanlarda masul rahbarlar işdan olinadi

Elektr yöqotişi 20 foizdan köp bölgan 44 ta tumanda xulosa qilmagan masul rahbarlar işdan olinadi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev bugungi videoselektor yiğilişida topşiriq berdi.

Yiğilişda davlat rahbari energiya samaradorlik masalalariga alohida töxtalgan. Xususan, elektr yöqotişi 20 foizdan köp bölgan 44 ta tuman elektr tarmoqlari korxonalaridagi ahvol tanqid qilingan. Ularning xulosa qilmagan rahbarlarini bugunoq işdan oliş, örniga yoş kadrlarni qöyib, yöqotişlarni 2 karra kamaytiriş böyiça KPI belgilab beriş zarurligi qayd etilgan.

Bugungi kunda texnika oliygohlarida energetika yönalişida 10 mingdan ziyod 3- va 4-kurs talabalari talim olmoqda. Ularni texnika xavfsizligiga öqitib, dual talim asosida tumanga tuşiriş muhim ekani körsatib ötilgan.

“Marhamat, ustozlari şogirdini tumanga olib borsin, işni örgatsin, yöqotişni kamaytiriş böyiça yaxşi yeçimlar taklif qilsa, tejalgan mablağni ustoz va talabaga bonus qilib beraylik”, deydi Prezident.

Umuman, tarmoq rahbarlari va hokimlar bu yil 5 milliard kilovatt elektr va 3,5 milliard kub metr gazni tejaşi şartligi qayd etilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: