USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonlik askarni qutqargan britaniyalik oila mukofotlandi

294 марта

Özbekistonlik askarni qutqargan britaniyalik oila mukofotlandi

Ikkinçi jahon uruşida faşistlar kontslageridan qoçib çiqqan özbekistonlik askar Boqijon Akramovga uyidan joy bergan Buyuk Britaniya fuqarolari – marhum Jon va Fillis Emili Le Breton Özbekiston Respublikasining “Döstlik” ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda bugun, 1 may kuni Özbekiston Prezidentining tegişli farmoni imzolandi.

Unga köra, Ikkinçi jahon uruşi davrida, ğoyat tahlikali vaziyatda, öz hayotlarini jiddiy xavf-xatarga qöyib bölsa-da, Jersi orolidagi faşistlar kontslageridan qoçib çiqişga muvaffaq bölgan özbekistonlik askar Boqijon Akramovga öz uyidan joy berib, uning  asrab qolgani hamda ulkan jasorat va insonparvarlik fazilatlarini namoyon etgani, dunyo xalqlari örtasida tinçlik, döstlik va birodarlik ğoyalarini tarğib etişda alohida örnak körsatgani uçun Buyuk Britaniya fuqarolari – marhum Jon va Fillis Emili Le Bretonlar Özbekiston Respublikasining “Döstlik” ordeni bilan mukofotlanadi.
Boqijon Akramov qanday omon qolgan edi?


Fillis Emili Le Breton va uning turmuş örtoği Jon nemis asirligidan qoçgan “Tom”ni öz uylaridagi maxfiy eşiklar ortida yaşirgan. Tomning asl ismi – Boqijon Akramov bölib, u Uçinçi Reyx tomonidan harbiy asir sifatida qölga olingan. U bosib olingan Jersi oroliga qul sifatida işlaş uçun olib ketilgan, biroq u qoçişga muvaffaq bölgan va Le Bretonlar oilasi uni öz himoyasiga olgan. Ular askarni uyda yaşirib, öz hayotlarini xavf ostiga qöygan. Askar uyning bir qismidan ikkinçi qismiga ötiş uçun maxfiy eşikdan (pol ostidagi tuynukdan) foydalangan.

“Tom” – Boqijon Akramov Le Bretonlarning beşta yoş farzandiga ertaklar aytib bergan va xuddi Anna Frank kabi kundalik yozgan. Oila unga laqab qöygan ingliz tilini örgatgan. Fillis va Emilining 52 yoşli nabirasi Kerolin Xorn öz oilasi Tomning hayotini saqlab qoliş uçun qilgan jasoratidan çeksiz faxrlanişini aytadi.

“U oilamizning azosiga aylangandi. Ammam uni özining sevimli amakisi – “Tom amaki” deb ataşganini aytib berdi. Bu u bizga şunday tanilgan edi. Buvim Tom haqida har doim gapirib berardi. Bu ularning naqadar mehribon inson bölganini körsatadi. Bu men uçun ğurur. Bu inqirozli davr edi va nemis askarlari istalgan vaqtda uyga bostirib kirişlari mumkin edi. Şunga qaramay, ular hatto tanimagan odamiga yordam beriş uçun öz hayotlarini va farzandlarining hayotini xavfga qöyib, uni öz uylarida oila azosidek yaşaşiga ruxsat berişgan. Uyda zina ostida kiçkina eşik va uning orqasida maxfiy tuynuk bor edi – Tom uyning bir tomonidan ikkinçi tomoniga aynan öşa orqali ötardi”, deydi nabira.

Le Bretonlar Boqijon Akramov işonçli odam bölganini aytgan.
“Biz bu odamga işonganmiz, u işoniş mumkin bölgan inson edi. Bolalar uni yaxşi körişardi va u ingliz tilini biroz tuşuna boşlagaç, ularga ertaklar öqib berardi”, degan ular.

Boqijon Akramovning sarguzaştlari 1941 yilning iyulida, yoş askar va böydoq maktab öqituvçisi öz mamlakatini nemislar hujumidan himoya qilgan paytdan boşlangan. Atigi ikki soat davom etgan jangda uning 12 000 nafar safdoşi halok bölgan va u köplab askarlar qatorida harbiy asirga tuşgan.
Nemis askarlari minglab odamlarni toş karerlarida işlaş va qirğoq mudofaa inşootlarini quriş uçun qullikga jalb qilgan. Keyinçalik Boqijon Akramov 2000 nafar boşqa asirlar bilan birga 1942 yilning iyulida Jersidagi Tsent-Malo şahriga olib boriladi.
U oğir mehnatga majburlangan, biroq qoçişga muvaffaq bölgan va uni Tsent-Merida Le Bretonlar oilasi tört nafar yoş farzandi bilan topib olgan. Oila xavotirda bölgan, şuning uçun agar bolalar adaşib biror gap aytib qöysa, foş böliş xavfini kamaytiriş uçun Boqijonga “Tom” deb qayta ism bergan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: