Nyu-Yorkdagi “avariya”da 11 yoşli özbekistonlik qizça halok böldi
8-02-2026, 12:21
329 марта

Nyu-Yorkdagi “avariya”da 11 yoşli özbekistonlik qizça halok böldi
AQŞning Nyu York şahrida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida 11 yoşli özbekistonlik Amira Aminova halok böldi. Bu haqda Özbekiston Respublikasining Nyu-York şahridagi boş konsulxonasi xabar berdi.
Konsulxona marhum qizaloqning onasiga, yaqinlari va barça qarindoş-uruğlariga uşbu oğir va qaytib töldirib bölmas yöqotiş munosabati bilan samimiy va çuqur taziya bildirgan.
Qöşimça qilinişiça, konsulxona bolaning onasi bilan doimiy aloqada bölib, şuningdek Nyu-York şahridagi tegişli vakolatli idoralar bilan hamkorlik qilmoqda.
“Özbekiston Respublikasining Amerika Qöşma Ştatlaridagi diplomatik muassasalari marhumaning oilasiga birinçi murojaatdanoq va töliq hajmda zarur yordam körsatişga tayyor”, deyiladi xabarda.Mahalliy OAVning yozişiça, hodisa 5 fevral kuni sodir bölgan. Qiz çorrahani piyodalar yölagidan kesib ötayotganida öng tomonga burilayotgan maktab avtobusi urib yuborgan.