Özbekistonda jarima balli 12 dan oşgan ilk haydovçi aniqlandi
2-05-2026, 19:57
507 марта

Özbekistonda jarima balli 12 dan oşgan ilk haydovçi aniqlandi
Özbekistonda yöl harakati qoidalarini buzgan haydovçilarga jarima ballari qöllaş tizimi doirasida 12 balldan oşgan birinçi holat qayd etildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.Malum qilinişiça, respublika böyiça yana 11 nafar haydovçiga 8 dan 10 ballgaça jarima ballari hisoblangan. Ularning 5 nafari Toşkent şahridan bölsa, qolgan 3 nafari Surxondaryo viloyatidan, şuningdek, Namangan, Samarqand va Toşkent viloyatidan bir nafardan haydovçilar bor.
“Bir yil davomida 12,5 ball töplagan ekanman. 12 ballik sistema borligiga işonmas edim. Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasiga çaqirişdi. Öz közim bilan kördim. Jarima ballarimni körib, ballik sistema işlaşiga işonç hosil qildim. Meni işim endi sud orqali körib çiqilar ekan. Boşqa haydovçilarga tavsiyam şuki, yöl qoidalariga amal qilgan holatda maşina haydaşsin”, deydi haydovçi.
Malumot uçun, jarima ballari 8 ballga yetganda haydovçi mobil telefoniga kelgan SMS orqali ogohlantiriladi. 12 balldan oşganda esa haydovçilik huquqi sud tartibida bekor qilinadi.