USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Peşlavhalar muammosi Prezident huzurida muhokama qilindi

176 марта

Peşlavhalar muammosi Prezident huzurida muhokama qilindi

Özbekistonda tadbirkorlik subektining nomi va faoliyat turi töğrisida binoga joylaştirilgan axborot uçun tegişli pasportlarni rasmiylaştiriş bekor qilinişi mumkin. Bu haqda bugun, 5 may kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan işlab çiqariş korxonalari faoliyatini barqarorlaştiriş hamda tadbirkorlarni öylantirayotgan muammoli masalalarni hal etiş yuzasidan taqdimotda söz boradi.

Qayd etilişiça, tadbirkorlik subektlarining peşlavhalari va brend belgilarini joylaştiriş, umumiy ovqatlaniş va savdo obektlari uçun ayrim mamuriy talablar, mehnat munosabatlaridagi tartib-taomillar, naqd pulsiz tölovlar, soliq imtiyozlarini qöllaş, moliyaviy jarimalar, taşqi iqtisodiy faoliyatdagi hujjatbozlik kabi masalalar muhokama qilingan.

Amaldagi tartibga köra, ayrim hollarda korxona nomi, faoliyat turi yoki savdo belgisi aks etgan peşlavhalar ham reklama sifatida baholanib, ular uçun alohida pasport rasmiylaştiriş va tölovlarni amalga oşiriş talab etilmoqda. Bu tadbirkorlar uçun qöşimça mamuriy yuk bölişi bilan birga savdo va xizmat körsatiş obektlarining tanilişi, mijozlar oqimi va tuşumiga ham tasir körsatmoqda.

Şu munosabat bilan tadbirkorlik subektining nomi va faoliyat turi töğrisida binoga joylaştirilgan axborotni reklama sifatida baholamaslik va buning uçun tegişli pasportlarni rasmiylaştirişni bekor qiliş taklif etilgan. Reklamalar va boşqa axborot belgilarini joylaştirişga doir dizayn talablarini tadbirkorlar takliflarini inobatga olgan holda bosqiçma-bosqiç joriy etiş, yuridik şaxslarga tegişli transport vositalariga öz savdo belgisini joylaştiriş tartibini soddalaştiriş taşabbusi ilgari surilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: