“Gryaz” ustidan sud boşlandi. U Jinoiy uyuşma taşkil etişda ayblanmoqda
7-05-2026, 13:44
351 марта

“Gryaz” ustidan sud boşlandi. U Jinoiy uyuşma taşkil etişda ayblanmoqda
Özbekiston hududida jinoiy uyuşma yetakçisi sifatida bir qator jinoyatlarni sodir etişda ayblangan “Gryaz” laqabli şaxs – Yo.M. 2025 yilning dekabr oyida Turkiyada qölga olinib, Toşkentga ekstraditsiya qilingani haqida xabar bergan edik.Ayni vaqtda Yo.M. nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan bölib, unga oitd iş Jinoyat işlari böyiça Yaşnobod tuman sudining iş yurituviga kelib tuşgan. 2026 yil 13 apreldagi ajrimi bilan jinoyat işini sud majlisida köriş 2026 yil 20 aprel kuniga tayinlangan, hozirda uşbu jinoyat işi böyiça sud tergovi davom ettirilmoqda.
“Gryaz” laqabli şaxs – Yo.M. işi böyiça navbatdagi sud majlisi ertaga, 8 may kuni Jinoyat işlari böyiça Yaşnobod tuman sudida bölib ötadi.
Fuqaro Yo.M. Jinoyat kodeksining bir qança moddalari, xususan 112-modda 2-qismi “b” bandi (Öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş), 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandlari (Tovlamaçilik), 168-modda 4-qismi “a” va “v” bandlari (Firibgarlik), 173-modda 3-qismi “b” bandi (Mulkni qasddan nobud qiliş yoki unga zarar yetkaziş), 242-modda 1-qismi (Jinoiy uyuşma taşkil etiş) bilan ayblanmoqda.