Rossiyada uyuşgan jinoiy guruhning özbekistonlik yetakçisi qölga olindi
12-02-2026, 23:30
484 марта

Rossiyada uyuşgan jinoiy guruhning özbekistonlik yetakçisi qölga olindi
Sankt-Peterburg sudi 2021-2023 yillarda giyohvand moddalar savdosi bilan şuğullangan mintaqalararo jinoiy guruh bölinmasining gumon qilinayotgan rahbarini hibsga oldi. Ular orasida özbekistonlik ham bor. Bu haqda şahar sudlarining birlaşgan matbuot xizmati xabar berdi.“Sankt-Peterburg şahrining Puşkin tuman sudi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (jinoiy uyuşma taşkil etiş), 30-moddasi 3-qismi – 228.1-moddasi 5-qismi (juda köp miqdorda giyohvand moddalarni qonunga xilof ravişda ötkazişga suiqasd qiliş, ikkita epizod), 30-moddasi 3-qismi – 228.1-moddasi 4-qismi “a” va “g” bandlarida (xuddi şunday, köp miqdorda) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan Valeriy Kostilevga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini tanlaş töğrisida qaror çiqardi. Çora muddati – 9 aprel”, deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilişiça, ayblanuvçi 10 fevral kuni qölga olingan. Sudda u uy qamoği yoki muayyan harakatlarni taqiqlaş tarzidagi ehtiyot çorasini söragan.
Iş materiallaridan malum bölişiça, tergov versiyasiga köra, Kostilev azo bölgan jinoiy uyuşma 2021 yil noyabridan 2023 yil martigaça Sankt-Peterburg, Moskva, Saratov, Moskva va Ivanovo viloyatlari, Krasnodar ölkasi va Rossiyaning boşqa hududlarida faoliyat yuritgan.