Maktabgaça va maktab talimi vazirligida qator tayinlovlar amalga oşirildi
8-05-2026, 12:00
50 марта
Maktabgaça va maktab talimi vazirligida qator tayinlovlar amalga oşirildiMaktabgaça va maktab talimi vazirligi tizimida bir qator yangi tayinlovlar amalga oşirildi. Unga köra, sohadagi turli yönalişlarga masul rahbar va mutaxassislar lavozimlarga tasdiqlandi.
Burxon Axmedov vazirlikning Içki audit departamenti direktori etib tayinlandi.
Baxadir Dadabayev esa jamoatçilik asosida vazirning murojaatlar bilan işlaş böyiça maslahatçisi lavozimini egalladi.
Şuningdek, Baxtiyor Amirov vazir yordamçisi böldi.
Inson resurslarini rivojlantiriş va boşqariş boşqarmasiga Behzod Xöjaqulov rahbar etib tayinlandi.
Xusan Ğaniyev xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş boşqarmasi boşliği lavozimini egallagan bölsa, Dilşod Yusupov hududlar faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasiga rahbar böldi.
Rustam Uktamov infratuzilmani rivojlantiriş va binolarni ekspluatatsiya qiliş boşqarmasi boşliği etib tayinlandi.
Azamat Nişanov davlat-xususiy şeriklikni muvofiqlaştiriş boşqarmasiga rahbarlik qiladi.
Qahramon Almardanov öquv jarayonini metodik taminlaş va darsliklar boşqarmasi boşliği lavozimiga kelgan bölsa, Sirojiddin Abdukarimov axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş, raqamlaştiriş va suniy intellektni rivojlantiriş boşqarmasi boşliği etib tayinlandi.