USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyevning qarindoşi vermaxtning 20 dan ortiq askarini yöq qilgan – TASS

56 марта

Şavkat Mirziyoyevning qarindoşi vermaxtning 20 dan ortiq askarini yöq qilgan – TASS

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning amakivaççasi, Sovet Ittifoqi qahramoni Örinbek Yoqubov Oder daryosini kesib ötiş çoğida 20 dan ortiq askar va ofitserni yöq qilgan hamda vermaxtning 7 ta kontrhujumini qaytarişda yordam bergan. Bu haqda TASS tanişgan arxiv hujjatlarida keltirilgan.

Qayd etilişiça, Yoqubov 31-öqçi diviziyasi 248-öqçi polki minomyotçilar rotasi hisobi komandiri bölgan. 1944 yil fevral oyida Dnepr daryosini kesib ötişda minomyot yordamida uç kun davomida 15 ta kontrhujumini qaytargani uçun Sovet Ittifoqi qahramoni unvonini olgan.

1945 yilning aprelida Yoqubov Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan. Orden beriş haqidagi mukofot varaqasida şunday deyiladi:
“1945 yil 24 yanvarda Şteyne qişloğidan ğarbda Oder daryosini kesib ötiş paytida örtoq Yoqubov öz minomyotlari bilan öqçilarni qöllab-quvvatlab, ularga daryoni muz ustidan kesib ötiş va platsdarmni egallaşga yordam berdi. Öqçilar ortidan minomyotlarini ğarbiy qirğoqqa ötkazgan Yoqubov ikki kun davomida piyodalarga duşmanning 7 ta şiddatli kontrhujumini qaytarişda yordam berdi. Uşbu janglarda u minomyot olovi bilan duşmanning 2 ta öt oçiş nuqtasini hamda 20 dan ortiq askar va ofitserini yöq qildi”.
Şuningdek, Örinbek Yoqubov “Jasorat” va “Kavkaz mudofaasi uçun” medallari bilan ham taqdirlangan.

Malumot uçun, vermaxt – 1935-1945 yillarda natsistlar Germaniyasining rasmiy qurolli kuçlari nomi bölgan. U 1935 yilda Reyxsverning örniga taşkil etilgan va Ikkinçi jahon uruşida Germaniyaning asosiy harbiy kuçi sifatida harakat qilgan. 1945 yilda Germaniya mağlubiyatga uçragaç, ittifoqçilar tomonidan tarqatib yuborilgan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: