Rossiyada Özbekistondan olib kirilgan 20 tonna pomidorda xavfli virus aniqlandi
9-05-2026, 07:58
258 марта

Rossiyada Özbekistondan olib kirilgan 20 tonna pomidorda xavfli virus aniqlandi
Qayd etilişiça, mutaxassislar Federal hayvonlar salomatligini muhofaza qiliş markazi laboratoriyasida Özbekistondan kelgan pomidorlarni tekşirgan. Tahlillar davomida mahsulot tarkibida pomidor mevasining jigarrang burişiş virusi aniqlangan.
Rossiya nazorat organiga köra, uşbu virus ayniqsa xavfli patogen hisoblanadi. Şu sababli zararlangan mahsulotni mamlakat hududiga olib kiriş taqiqlangan. Endilikda pomidor partiyasi qaytarilişi yoki yöq qilinişi kerak böladi.
Mutaxassislarning takidlaşiça, pomidor mevasining jigarrang burişiş virusi Tobamovirus turiga mansub bölib, Virgaviridaye oilasiga kiradi. U pomidor va qalampir hosilining 30 foizdan 70 foizigaça qisqarişiga sabab bölişi mumkin.
Rosselxoznadzor uşbu virus tez tarqalişi bilan ham xavfli ekanini qayd etgan. Kasallik zararlangan uruğ, köçat, tuproq va qişloq xöjaligi jihozlari orqali tarqalişi mumkinligi aytilmoqda.