Britaniya kompaniyasi Özbekistondagi neft va gaz bloklarining 40 foiz uluşini sotib oldi
13-05-2026, 17:19
128 марта

Britaniya kompaniyasi Özbekistondagi neft va gaz bloklarining 40 foiz uluşini sotib oldi
Mazkur qadam kompaniyaning ananaviy energiya manbalariga qayta etibor qaratayotganidan dalolat beradi. BP 2021 yilda sobiq boş direktor Bernard Luni davrida mintaqadagi qidiruv işlarini töxtatgan edi.
Öşanda Luni “yaşil energiya”ga ötiş doirasida 2030 yilga kelib neft va gaz qazib olişni 40 foizga qisqartirişga vada bergandi. Biroq hozirda kompaniya yana qaytadan qazib olinadigan yonilği sohasiga qaytmoqda.
“Katta resurs salohiyati”
BP kompaniyasining Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya böyiça mintaqaviy prezidenti Jio Kristofoli şunday dedi:
“Biz Özbekiston katta resurs salohiyatiga ega ekaniga işonamiz. Buni mamlakatning neft va gaz resurslarini qidiriş hamda özlaştirişni qöllab-quvvatlaş uçun imkoniyat deb bilamiz”.Uluşlar qanday taqsimlandi?
BP jami 40 foizlik uluşni amaldagi hamkorlar — SOCAR va “Özbekneftgaz”dan sotib oldi. Endilikda bu ikki kompaniyaning har biri 30 foizdan uluşga ega. SOCAR kompaniyasi bloklarning operatori bölib qoladi. Mazkur bloklar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- Boyterak;
- Terengquduq;
- Birqori;
- Xaroy;
- Qoraqalpoq;
- Qulboy.