Qum-şağal qaziganlar tabiatga qariyb 300 mlrd sömlik zarar yetkazdi
14-05-2026, 07:56
35 марта

Qum-şağal qaziganlar tabiatga qariyb 300 mlrd sömlik zarar yetkazdi
Samarqand viloyatida qum-şağal aralaşmasini noqonuniy qazib oliş oqibatida tabiatga salkam 300 milliard söm zarar yetkazganlar qölga olindi. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.Unga köra, Samarqand viloyatining Toyloq tumanidan oqib ötuvçi moratoriy joriy qilingan “Zarafşon” daryosining özan qismidan bir guruh fuqarolar tomonidan tungi soat 01:30 atrofida davlat raqamisiz WOLVO rusumli ekskavator yordamida qum-şağal aralaşmasi “Kamaz”, HOWO rusumli yuk avtomaşinalariga yuklanayotganligi aniqlangan.
Malum qilinişiça, huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 295 milliard 238 million 402 ming 640 söm zarar yetkazilgan. Hujjatlar tegişli çora köriş maqsadida huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan.