Bir oyda qariyb 100 mlrd sömlik gaz va “svet” ömarildi
6-11-2025, 12:26
100 марта

Bir oyda qariyb 100 mlrd sömlik gaz va “svet” ömarildi
Joriy yilning oktyabr oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanişlar oqibatida tizimga 99 milliard sömlik zarar yetkazildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspektsiyasi xabar berdi.Malum qilinişiça, huquqni muhofaza qiluvçi organlari iştirokida söngi bir oyda ötkazilgan nazorat tadbirlarida istemolçilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 192 ta holat aniqlangan.
Unga köra, 22,3 mln kVt soat elektr energiyasi (63,9 mlrd söm) va 11,4 mln metr kub tabiiy gaz (35 mlrd söm) talon-toroj qilinişi oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga köra, jami 99 milliard 15 million söm zarar aniqlangan.
Şuningdek, istemolçilar tomonidan energiya resurslaridan foydalaniş qoidalarini buziş bilan boğliq huquqbuzarlik böyiça 479 ta mamuriy iş rasmiylaştirilgan.
Qoidabuzar istemolçilarga nisbatan belgilangan tartibda çora köriş uçun tegişli hujjatlar huquqni muhofaza etuvçi organlarga taqdim qilingan.