USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonga eng köp nimalar import qilinmoqda?

36 марта

Özbekistonga eng köp nimalar import qilinmoqda?

Özbekistonda 2026 yilning ilk çoragi davrida maşinalar va transport asbob-uskunalari (4,1 mlrd AQŞ dollari) eng köp import qilingan bölsa, import hajmi ötgan yilning mos davriga nisbatan eng yuqori körsatkiçlarda ösgan tovarlar esa mineral yoqilği, moylaş materiallari va şunga öxşaş materiallar (+64,4 foiz) bölgan. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.


Qömita malumotlariga köra, 2026 yilning yanvar-mart oylarida Özbekistonning import hajmi 12,2 mlrd AQŞ dollarini taşkil etgan va ötgan yilga nisbatan 30,8 foizga ösgan.

Import tarkibi quyidagiça:

Maşinalar va transport asbob-uskunalari – 4,1 mlrd AQŞ dollari (+29,9 foiz);
Sanoat tovarlari – 1,7 mlrd AQŞ dollari (+14,2 foiz);
Kimyoviy vositalar va şunga öxşaş mahsulotlar – 1,5 mlrd AQŞ dollari (+21,5 foiz);
Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar – 1,4 mlrd AQŞ dollari (+45,9 foiz);
Xizmatlar – 1,2 mlrd AQŞ dollari (+17,9 foiz);
Mineral yoqilği, moylaş materiallari va şunga öxşaş materiallar – 1,2 mlrd AQŞ dollari (+64,4 foiz);
Turli xil tayyor buyumlar – 441,8 mln AQŞ dollari (+43,7 foiz);
Nooziq-ovqat xomaşyosi, yoqilğidan taşqari – 288,9 mln AQŞ dollari (+28,7 foiz);
Hayvon va ösimliklar moylari, yoğlar va mumlar — 158,1 mln AQŞ dollari (+46 foiz);
Içimliklar va tamaki – 71,3 mln AQŞ dollari (+42,6 foiz);
Boşqa tovarlar – 177,9 mln AQŞ dollari (+ 2,3 barobar).

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: