1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari özgaradi
15-05-2026, 14:07
822 марта

1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari özgaradi
Hukumatning ötgan yilgi qarorida har yili 1 maydan elektr va tabiiy gaz narxlari 10 foizdan yuqori bölmagan miqdorda indeksatsiya qilib borilişi belgilangan edi.Vazirlar Mahkamasining «Yoqilği-energetika resurslari narxlarini belgilaş töğrisida»gi qarori bilan 2026 yil 1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, I va II guruh istemolçilari uçun elektr energiyasining 1 kVt soati 1 100 söm etib belgilandi. IV guruh istemolçilari uçun ham elektr energiyasining 1 kVt soati 1 100 sömni taşkil etadi.
III guruh, şu jumladan aholi uçun tabaqalaştirilgan tariflar saqlab qolindi.
Xususan, ovqat tayyorlaş uçun markazlaşgan holda elektr plitalar bilan jihozlangan köp kvartirali uylar va yotoqxonalarda yaşovçi aholi uçun:
— oyiga 200 kVt soatgaça — 325 söm;
— 201 kVt soatdan 500 kVt soatgaça — 450 söm;
— 501 kVt soatdan 1 000 kVt soatgaça — 550 söm etib belgilandi.
Qolgan maişiy istemolçilar uçun esa:
— oyiga 200 kVt soatgaça — 650 söm;
— 201 kVt soatdan 500 kVt soatgaça — 900 söm;
— 501 kVt soatdan 1 000 kVt soatgaça — 1 100 söm böladi.
Yuqori hajmdagi istemol uçun oşirilgan koeffitsiyentli tariflar saqlanib qoladi.
Tabiiy gaz böyiça barça istemolçilar uçun (alohida toifalardan taşqari) 1 kub metr gaz narxi 2 000 söm etib belgilandi. Avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari uçun tarif 1 kub metr uçun 2 750 sömni taşkil etadi.
Aholi uçun tabiiy gaz tariflari ham tabaqalaştirilgan tartibda saqlanib, isitiş mavsumida oyiga 500 kub metrgaça, boşqa mavsumlarda esa 100 kub metrgaça istemol uçun 1 kub metr gaz 1 100 sömdan hisoblanadi.
Qaror bilan energiya resurslarini yetkazib berişdagi yöqotişlarni qisqartiriş, energiya samaradorligini oşiriş va xizmatlar sifatini yaxşilaş böyiça qöşimça vazifalar ham belgilandi.