USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev Turkistonda Özbekiston tomonidan qurilgan masjidni borib kördi

154 марта

Şavkat Mirziyoyev Turkistonda Özbekiston tomonidan qurilgan masjidni borib kördi 

Manba: Prezident matbuot xizmati
Şavkat Mirziyoyev Qozoğistonga amaliy taşrif doirasida birgalikda Turkiston şahrida Özbekiston tomonidan bunyod etilgan masjidni Qosim-Jömart Töqayev hamrohligida borib kördi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilişiça, majmuaning umumiy maydoni 7 gektardan ziyodni taşkil etadi, unda 5 mingdan ortiq kişi namoz öqişi mumkin. Muhtaşam ansambl törtta 70 metrlik minora hamda asosiy zal va ananaviy ayvonlarni öz içiga olgan uç qavatli boş binodan iborat.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Islom va Şarq memorçiligining eng yaxşi ananalariga muvofiq barpo etilgan jome masjidida milliy naqşlar, şarqona gumbazlar, baland minoralar hamda zamonaviy quriliş texnologiyalari uyğun qiyofa kasb etgan. Masjidning içki bezagida islom xattotlik va naqqoşlik sanati namunalaridan keng foydalanilgan.

Atrofdagi 4,2 gektar maydonni obodonlaştirişga ham alohida etibor qaratilmoqda. Bu yerda yaşil maydonlar, yölaklar, dam oliş joylari, yoritiş tizimlari, manzarali qurilmalar va favvoralar barpo etilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Özbekiston tomonidan qardoş Qozoğiston xalqi hamda Turkiston aholisiga tuhfa sifatida qurib bitkazilgan uşbu muhtaşam majmua ikki davlat örtasidagi köp asrlik döstlik va madaniy yaqinlik, yaxşi qöşniçilik hamda ittifoqçilik munosabatlarining yorqin ifodasi bölgani takidlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Quroni oyatlari tilovat etilib, qardoş xalqlarga tinçlik va farovonlik tilab, duo öqildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: