Özbekiston aktsiyalari tarixda ilk bor London fond birjasiga çiqarilmoqda
18-05-2026, 07:43
142 марта

Özbekiston aktsiyalari tarixda ilk bor London fond birjasiga çiqarilmoqda
Malum qilinişiça, IPÖga bölgan talab joylaştiriş hajmidan tört baravardan ortiqqa oşgan, arizalarning umumiy hajmi esa qariyb 3 milliard dollarga yetgan. “Bu esa hamkorlarimizning Özbekistonda amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlarga, şuningdek oçiqlik, şaffoflik va modernizatsiya yöliga bölgan yuksak işonçini yaqqol körsatadi”, — deyiladi xabarda.
Yetakçi xalqaro moliyaviy korporatsiyalarning uşbu jarayondagi iştiroki şuni anglatadiki, jahon moliya bozorlari Özbekistonni işonçli va istiqbolli hamkor sifatida körmoqda, mahalliy kompaniyalarga sarmoya kiritişga va zamonaviy korporativ boşqaruv hamda şaffoflik standartlarini joriy etişni qöllab-quvvatlaşga tayyor.
Özbekiston tarixida ilk bor milliy kompaniyalar aktsiyalari xalqaro fond bozorida savdoga çiqarilişi töğrisida aprel boşlarida xabar berilgandi. Uşbu qadam prezident tomonidan tanlangan oçiqlik siyosati natijasi hisoblanişi aytilgan edi. Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva esa Özbekiston iqtisodiyoti yangi, zamonaviy taraqqiyot bosqiçiga ötayotganini takidlagandi.
IPO jarayoniga tayyorgarlik köriş va uni muvofiqlaştiriş Franklin Templeton xalqaro investitsiyakompaniyasi tomonidan amalga oşirilmoqda. Mazkur kompaniya Özbekistonda faoliyat yuritiş uçun tegişli litsenziyaga ega.
Özbekiston Milliy investitsiya fondi haqida
Özbekiston Milliy investitsiya fondi aktsiyadorlik jamiyati (UzNIF) prezidentning 2024-yildagi qarori asosida taşkil etilgan. Uning işonçli boşqaruvçisi sifatida Franklin Templeton kompaniyasi tayinlangan.
UzNIF portfeli 13 ta davlat korxonasining aktivlarini ularning bozor qiymati böyiça ötkaziş yöli bilan şakllantirilgan bölib, bugungi kunda uning sof aktivlari hajmi 2,4 milliard dollarga baholanmoqda.
UzNIF portfel kompaniyalari “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stantsiyalari”, “Özbekgidroenergo”, “Özbektelekom”, Uzbekistan Airways, “Temir yölinfratuzilma”, “Hududgaztaminot”, “Toşşahartransxizmat”, “Özbekiston MET” AJ, “Özbekiston respublika tovar-xom aşyo birjasi”, “Özbekinvest”, “Özsuvtaminot” va “Özsanoatqurilişbank” hisoblanadi.UzNIF’ning asosiy vazifalari aktivlarning bozor qiymatini oşiriş, yetakçi xalqaro institutsional investorlarni jalb etiş orqali portfel kompaniyalariga investitsiyalar jalb qiliş, şuningdek, korporativ boşqaruv va ESĞning zamonaviy tamoyillarini joriy etişdan iborat.
IPO ötkaziş doirasida Franklin Templeton tomonidan 28 apreldan 12 maygaça bölgan davrda Buyuk Britaniya, AQŞ, Yevropada (Frankfurt, Parij, Praga, Budapeşt, Varşava) 170 dan ortiq investorlar bilan 80 dan ziyod guruhli va individual uçraşuvlar ötkazilgan.
IPO nima?
Birlamçi ommaviy taklif (IPO) bu kompaniya şu jumladan, davlat korxonasi öz aktsiyalarini ilk bor keng xalq ommasiga sotişi va fond birjasiga çiqiş jarayoni hisoblanadi.
Buning asosiy mazmuni davlat aktivlarini oçiq savdolar orqali investorlarga taqdim etişdan iborat. Sodda qilib aytganda, IPO orqali davlat korxonasi öz eşiklarini hamma uçun oçadi: endi nafaqat davlat, balki oddiy fuqarolar va xususiy investorlar ham aktsiyalarni sotib olib, korxonaga şerik bölişlari mumkin.
IPO nima uçun kerak?
IPO prezident qarori asosidagi xususiylaştiriş dasturi doirasida ötkazilmoqda. Aktsiyalar savdosidan tuşadigan mablağlar davlat byudjetiga yönaltiriladi.
Biroq aktsiyalarni joylaştirişdan maqsad faqat mablağ jalb qiliş emas. IPO jamğarma tarkibidagi kompaniyalarni isloh qilişni jadallaştirişi kerak. Jumladan, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga ötkaziş, korporativ boşqaruvni joriy etiş hamda investorlar uçun şaffoflikni oşiriş közda tutilgan.
Jamğarma aktsiyalarining joylaştirilişi portfeldagi yirik kompaniyalarni IPOga tayyorlaşning ilk bosqiçi sifatida ham baholanmoqda. Rejalarga köra, yaqin ikki yil içida Uzbekistan Airways, Milliy elektr tarmoqlari, Özbektelekom, Özbekgidroenergo, Hududiy elektr tarmoqlari va Hududgaztaminot kompaniyalarini birjaga çiqariş közda tutilgan.