Özbekiston birinçi marta global aktsiyalar bozoriga çiqadi
9-04-2026, 18:18
47 марта

Özbekiston birinçi marta global aktsiyalar bozoriga çiqadi
Ilk bor Özbekiston kompaniyalari aktsiyalari London birjasi va Toşkent birjasida savdoga qöyiladi. Bu haqda bugun, 9 aprel kuni Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida malum qildi.“Özbekiston tarixiy qadam taşlamoqda: biz ilk bor jahon aktsiyalar bozoriga çiqyapmiz. Milliy investitsiya fondi milliy kompaniyalarimiz aktsiyalarini bir vaqtning özida ikkita maydonda – nufuzli London birjasi va Toşkent birjasida savdoga qöyadi. Bunga Prezidentimiz tanlagan oçiqlik yöli zamin yaratdi”, deydi Mirziyoyeva.Uning bildirişiça, IPO jarayoniga tayyorgarlik köriş va uni muvofiqlaştirişni Özbekistonda işlaş litsenziyasiga ega bölgan “Franklin Templeton” xalqaro investitsiya kompaniyasi amalga oşirmoqda.
“Uşbu qadam – xorijiy investorlar uçun aniq va kuçli işora. Bu bilan biz global qoidalar asosida – halol va şaffof işlaşga tayyor ekanimizni namoyon etmoqdamiz. Özbekiston iqtisodiyoti mutlaqo yangi, zamonaviy taraqqiyot bosqiçiga ötmoqda”, deydi Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari.