Maşinaning “probeg”ini özgartirib sotganlar jazolanadi
18-05-2026, 19:04
223 марта
Maşinaning “probeg”ini özgartirib sotganlar jazolanadiÖzbekistonda avtotransport vositalarining bosib ötgan masofasini suniy ravişda kamaytirib körsatişga qarşi çoralar kuçaytirilmoqda. Endi odometr — yani avtomobilning yurgan masofasini körsatuvçi uskunasi körsatkiçlarini özgartiriş yoki almaştiriş uçun javobgarlik belgilanişi kutilmoqda.
Malum qilinişiça, tegişli qonunçilikka özgartiş kiritiş orqali avtomobilning haqiqiy “probeg”ini yaşiriş holatlarining oldini oliş maqsad qilingan. Bu esa içki bozorda fuqarolarni aldaş bilan boğliq holatlarni kamaytirişga xizmat qilişi aytilmoqda.
Ayni paytda ayrim avtosavdo bozorlari va xususiy sotuvlarda maşinaning odometri suniy ravişda orqaga qaytarilib, transport vositasi kam yurganday qilib körsatilişi kuzatilmoqda. Bu esa xaridorni çalğitiş va avtomobilning texnik holati haqida notöğri tasavvur uyğotişi mumkin.
Yangi tartibga köra, odometr körsatkiçlarini qasddan özgartiriş, soxtalaştiriş yoki şunday xizmatlarni körsatgan şaxslarga nisbatan mamuriy yoki boşqa turdagi javobgarlik çoralari qöllanilişi mumkin.
Mutaxassislar fikriça, mazkur çoralar ikkinçi bozordagi şaffoflikni oşiriş, avtomobil savdosida halol raqobatni taminlaş hamda xaridorlar huquqini himoya qilişga xizmat qiladi.